Veb-saytimizning ishlashi sizda yaxshi taassurot qoldirishi uchun cookies ("kuki") va shunga o‘xshash texnologiyalardan foydalanamiz. Agar Siz veb-saytimizdan foydalanishda davom etsangiz, bu Sizning cookies texnologiyasidan foydalanilishiga roziligingizni anglatadi. Qo‘shimcha ma’lumotlar olish uchun bizning Siyosatlarimiz bilan tanishib chiqing

Реестр отечественного ПО При поддержке НТИ

Shaxsiy ma’lumotlarning qayta ishlanishiga rozilik

“Antiplagiat” AJ Bosh direktorining

2022-yil 1-sentabrdagi 31-son buyrug’i bilan tasdiqlangan

 

Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlarini taqdim etish va qayta ishlashga ushbu rozilik (bundan buyon – “Rozilik”) Rossiya Federatsiyasi qonunchiligiga muvofiq ishlab chiqilgan.

Internet tarmog’idagi https://users.antiplagiat.ru/ manzilida joylashgan “Antiplagiat” Tizimi saytida (bundan buyon – “Sayt”) shaxsiy malumotlarini Sayt vositasida “Antiplagiat” Tizimidan foydalanish maqsadida, ro’yxatdan o’tish maydonlarini to’ldirish yo’li bilan taqdim etgan holda

Foydalanuvchi shaxsiy ma’lumotlarining (bundan buyon – “ShM”) ShM’ni qayta ishlash operatori Say egasi – “Antiplagiat” aksiyadorlik jamiyatiga (“Antiplagiat” AJ: OGRN 1057747076078, STIR 7705664677, KPP 773101001, bundan buyon – “Operator”) taqdim etilishi va u tomonidan qayta ishlanishiga o‘z roziligini ifodalaydi.

Foydalanuvchi:

1. Operatorga ShM ni olish va qayta ishlashda ro‘yxati Saytda https://www.antiplagiat.ru/partners manzilidagi “Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash operatorlari” bo‘limida ko‘rsatilgan kompaniyalarning dasturiy ta’minotlaridan foydalanilishiga o‘z roziligini beradi;

2. saytda avtorizatsiya qilish paytida u tomonidan ko‘rsatilgan barcha ShM’ning dolzarb, ishonchli va shaxsan unga tegishli ekanligini tasdiqlaydi;

3. Rozilik matnini diqqat bilan va to‘liq o‘qib chiqqanligini va uning ma’nosini tushunganligini tasdiqlaydi;

4. Operatorga ShM’ning shartlarsiz va cheklanishlarsiz qayta ishlanishiga o‘z roziligini beradi;

5. O‘zining ShM’ning qayta ishlanishining Operator tomonidan avtomatlashtirish vositalaridan (kompyuter qurilmalari va kompyuter dasturlari) foydalangan holda ShM bilan bajariladigan harakat yoki harakatlar to‘plamini o‘z ichiga olishiga o‘zining to‘liq roziligini beradi;

6. noto‘g‘ri yoki to‘liq bo‘lmagan ShM’ni taqdim etish bilan bog‘liq barcha xatarlarni o‘z zimmasiga oladi;

7. O‘zining rozilik bergan paytda erkin tarzda, o‘z manfaatlari yo‘lida harakat qilganligini va chalg‘igan holatda bo‘lmaganligini tasdiqlaydi.

Operator tomonidan Rozilikni qabul qilish vaqti bo‘lib Foydalanuvchi tomonidan “Antiplagiat” Tizimida shaxsiy kabinet (bundan buyon – “Akkaunt”) yaratishga so‘rov yuborish vaqti hisoblanadi. So‘rov Foydalanuvchi tomonidan Saytda ro‘yxatga olish shaklidagi tegishli maydonni belgilaganidan (“galochka” qo‘yilishi) va e-mail orqali ro‘yxatdan o‘tishda ma’lumotlarni yuborish uchun “Tayyor” yozuvli tugma yoki ijtimoiy tarmoqlar orqali ro‘yxatdan o‘tishda “Akkunt yaratish” tugmasi bosilganidan keyin shakllantiriladi.

Operator ShM’ni quyidagi maqsadlarda qabul qiladi va qayta ishlaydi:

1. Foydalanuvchi bilan kelishuvni bajarish;

2. Foydalanuvchining”Antiplagiat” Tizimi bilan o‘zaro aloqasini ta’minlash;

3. “Antiplagiat” Tizimidan foydalanish natijalarini shakllantirish va foydalanuvchiga berish;

4. Foydalanuvchi so‘rovlari bo‘yicha boshqa ma’lumotlarni taqdim etish.

Operator:

1. ShM’ning minimal darajadagi zarur hajmini qonunchilikda ruxsat berilgan ShM’ni saqlash va qayta ishlash muddatlari davomida to‘plash va qayta ishlashni amalga oshiradi;

2. ShM’ning faqat Rossiya Federatsiyasi hududida saqlanishi va qayta ishlanishini kafolatlaydi;

3. Foydalanuvchini ShM’ning Operator mutaxassislarining ShM’ga kirishisiz kompyuter texnikasi va kompyuter dasturlari bilan avtomatik tarzda qayta ishlashi to‘g‘risida xabardor qiladi;

4. Foydalanuvchi tomonidan taqdim etilgan ShM’ning ishonchliligi uchun javobgarlikni zimmasiga olmaydi;

5. Foydalanuvchi tomonidan “Antiplagiat” tizimida o‘zlashtirib olishlarni aniqlashga tekshirilayotgan matnlarda bo‘lishi mumkin bo‘lgan ShM uchun ham, boshqa shaxsiy ma’lumotlar uchun ham javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi.

Qayta ishlanuvchi ShM toifalari va ro‘yxati

Foydalanuvchi Operatorga quyidagi ShM’ni qayta ishlashga rozilik beradi:

1. familiyasi, ismi, otasining ismi, telefon raqami va elektron pochta manzili;

2. Foydalanuvchi tomonidan saytdagi shakllarda ko‘rsatiladigan yoki Foydalanuvchi tomonidan Saytga yuklanuvchi fayllarda mavjud bo‘lgan ma’lumotlar;

3. Foydalanuvchi “Antiplagiat” Tizimi bilan ishlaganida Foydalanuvchi kompyuter qurilmasining dasturiy ta’minoti tomonidan avtomatik tarzda Sayta uzatiluvchi ma’lumotlar (Foydalanuvchi brauzeri haqidagi ma’lumotlar, IP-manzil, cookie-fayllari, apparat va dasturiy ta’minot to‘g‘risidagi ma’lumotlar, tizimlar va servislarga kirish vaqtlari hamda kirish bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lumotlar);

4. Operator bilan uning hamkori o‘rtasida tuzilgan kelishuvlarga ko‘ra Operator hamkoridan olinuvchi Foydalanuvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

ShM’ni qayta ishlash vaqtida Operator ShM bilan Rossiya Federatsiyasining amaldagi qonunchiligida o‘rnatilgan har qanday harakatlarni Foydalanuvchining “Antiplagiat” Tizimi bilan o‘zaro aloqalaridagi aniq bir maqsadlari uchun zarur bo‘lgan hajmda amalga oshirish huquqiga ega.

ShM’ni uchinchi shaxslarga berish amalga oshirilmaydi, Operator topshirig‘i bo‘yicha yoki uning nomidan qayta ishlashni amalga oshiruvchi shaxslar va Rossiya Federatsiyasining amaldagi qonunchiligida o‘rnatilgan holatlar bundan mustasno.

Rozilikning amal qilish muddati, ShM’ni yo‘q qilish tartibi

Operator ShM’ni Foydalanuvchi Akkaunti o‘chirilguniga qadar saqlaydi.

Foydalanuvchi Operatorga yozma murojaat yuborish orqali rozilikni bekor qilish huquqiga ega. Rozilikni bekor qilinishi Operator tomonidan Rozilikni bekor qilish qabul qilingunicha ShM’ni qayta ishlashning qonuniyigiga ta’sir qilmaydi.

Foydalanuvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘chirish Foydalanuvchining o‘zi tomonidan Sayt funksiyalaridan foydalanib bajarilishi mumkin.

Operator quyidagi hollarda Foydalanuvchi ShM’ni o‘chirish huquqiga ega: 1) Operator tomonidan qabul qilingan Foydalanuvchining yozma so‘rovi bo‘yicha; 2) Foydalanuvchi tomonidan Tizimdan foydalanish litsenziya davrining tugashi bo‘yicha to‘xtatilganida yoki 3) Foydalanuvchi tomonidan litsenziya kelishuvi (foydalanuvchi bilan kelishuv) shartlari buzilganida.

Foydalanuvchi o‘zining shaxsiy kabinetidagi “Profil” bo‘limidagi “Akkauntni o‘chirish” funksiyasidan foydalangan holda o‘z Akkauntidan o‘zining shaxsiy ma’lumotlarini mustaqil tarzda o‘chirish huquqiga ega. O‘chirish tasdiqlanganidan keyin Sayt Foydalanuvchi Akkaunti va Akkaunt mazmuni bilan bog‘liq bo‘lgan barcha ma’lumotlarni o‘chirishga so‘rovni avtomatik tarzda yuboradi.

Yana Foydalanuvchi Akkauntini yuritish bilan bog‘liq bo‘lgan shaxsiy ma’lumotlarni (ShM) o‘chirish uchun Operator texnik qo‘llab-quvvatlash xizmatiga yozma tarzda murojaat qilish mumkin: support@antiplagiat.ru.

Operator Foydalanuvchidan yoki uning vakolatli vakilidan so‘rov olgan vaqtdan boshlab o‘n ish kuni ichida Foydalanuvchiga (vakilga) shaxsiy ma’lumotlar subyekti sifatida ma’lumotlar taqdim etishi shart. Operator Foydalanuvchi yoki uning vakolatli vakilini so‘ralayotgan ma’lumotlarni taqdim etish muddatini uzaytirish sabablarini ko‘rsatgan holda xabardor qilish bilan ko‘rsatilgan muddatni ko‘pi bilan besh ish kunigacha uzaytirish huquqiga ega.

Ushbu rozilik ShM taqdim etilgan paytdan boshlab muddatsiz amal qiladi va Foydalanuvchi tomonidan quyidagi manzil bo‘yicha Operatorga “Antiplagiat” AJ Bosh direktori nomiga yozma ariza berish orqali qaytarib olinishi mumkin: Rossiya Federatsiyasi, 121205, Moskva shahri, Bolshoy bulvar Skolkovo innovatsion markaz, 42-uy, 1-bino, 0-qavat, 111-xona, 11-ish joyi.

Foydalanuvchi rozilikni qaytarib olgan hollarda Operator 152-FZ-sonli “Shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Federal qonunning 6-moddasi 1-qismi 2-11-bandlari va 10-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan asoslar mavjud bo‘lganida ShM’ni qayta ishlashni davom ettirish huquqiga ega.

Foydalanuvchining ShM’ni qayta ishlashga roziligi aniq, xabardor qilingan holdagi, ongli, predmetli va bir qiymatlidir.

Foydalanuvchi rozilikni oddiy yozma shaklda bajarilgan hujjat sifatida tan oladi.

Operator istalgan vaqtda Foydalanuvchiga xabar bermasdan, Saytda Rozilikni joylashtirish orqali Rozilikka o‘zgartirishlar kiritish huquqiga ega.

Rozilikning amaldagi tahriri doimo Saytda quyidagi manzil bo‘yicha Internet tarmog‘iga joylashtiriladi: https://www.antiplagiat.ru/help/privacy.

Rozilikning chet tiliga tarjimasi matni bilan farqlar aniqlangan hollarda Rozilikning rus tilidagi matni ustuvor kuchga ega bo‘ladi.

Agar Foydalanuvchida ShM haqida biror-bir savol bo‘lsa, bu haqida 121205, Moskva shahri, Bolshoy bulvari (Skolkovo innovatsion markaz), 42-uy, 1-bino, 0-qavat, 111-xona, 11-ish joyi manzili bo‘yicha yoki dpo@antiplagiat.ru elektron pochtasi orqali Operatorga yozishi mumkin.

Bosh direktor: V. A. Funtov