Ilm va ta’lim qadriyatlarini oshirish
Antiplagiat missiyasi – o‘quv va ilmiy ishlar sifatini yaxshilash
Rossiya va MDH mamlakatlaridagi hamkorlar
50 dan ortiq tashkilot Antiplagiat bilan hamkorlik qiladi
Sifat standarti
«Prioritet 2030» ro‘yxatidagi 92% OO‘Yu «Antiplagiat» tizimidan foydalanadi
17 yillik muvaffaqiyat
Antiplagiat kompaniyasi mahalliy DT reyestriga kiradi va Vorob'evy gory Fondining rezidenti hisoblanadi
Yechimlarimiz
Bu esa «Antiplagiat» ni Rossiyadagi matnli o‘zlashtirib olishlarni qidirishning samarali tizimiga aylantiradi
- O‘zlashtirib olishlarni aniqlashning tezkor va aniq algoritmi
- Qidirish bazasida 100+ tillardagi 1 mlrd dan ortiq indekslangan manbalar
- Qulay interfeys va tizimning tushunarli sozlamalari
- Muntazam ravishda yangilanib boruvchi manbalar to‘plami: har oyda +10 mln yangi hujjat
- Kompaniyangiz xodimlarini bepul o‘qitish
- Sutka davomidagi texnik qo‘llab-quvvatlash
“Antiplagiat” tizimining imkoniyatlari
Matnlarni tekshirish uchun sifatli baza
Biz matnlarni Internet ochiq manbalari, hamkorlarimizning (RDK, eLibrary, Lan, BiblioRossika, Yurayt, Aybuks va boshq.) to‘plamlari hamda ilmiy va yuridik nashrlarning maxsus to’plamlari va arxivlari bo‘yicha tekshiramiz. Bugungi kunda “Antiplagiat” tizimi bazasida turli tillardagi, jumladan MDH mamlakatlari tillaridagi 885 mln dan ortiq manba jamlangan. Texnik xodimlarimiz plagiatni qidirish algoritmlarini muntazam ravishda takomillashtirib boradi. Antiplagiat kompaniyasining so‘nggi innovatsion yechimlari — bular matnni ingliz tilidan rus tiliga tarjima qilish yordamida olingan o‘zlashtirib olishlarni aniqlash va iboralari o‘zgartirilgan mant fragmentlarini qidirish.
O‘zlashtirib olishlarning mavjudligi to‘g‘risidagi batafsil hisobot
“Antiplagiat” tizimi matnli hujjatlarni o‘zlashtirib olishlarga tekshirishda tashkilotingiz resurslarini oqilona va samarali boshqarishingizga imkon beradi. Tekshirish to‘g‘risidagi batafsil hisobotda hujjatdagi qaysi matn fragmentlariga alohida e’tibor qaratish kerakligi to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlar mavjud. Hisobotda siz to‘g‘ri rasmiylashtirilgan matnlarni o‘zlashtirib olishlar: me’yoriy-huquqiy hujjatlarning fragmentlari, muallifini ko‘rsatgan holdagi iqtiboslar, umumfoydalanuvchi iboralar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatini ko‘rib chiqishingiz mumkin. Qulay navigatsiya yordamida “Antiplagiat” tizimi qidirish modullarini faollashtirish va faolsizlantirish hamda matnni aniqlangan manbalarning har biri bilan solishtirish mumkin. “Antiplagiat” tizimi hujjat uchun OAK, ITMDR, UDK rubrikatorlaridagi toifani ham avtomatik tarzda aniqlaydi.
Sozlash va integratsiya qilishning keng imkoniyatlari
Biz mijozlarimizning ehtiyojlarini bilamiz. Platformamiz asosida biz tashkilotingiz uchun qulay tizimli yechimni shaklantiramiz, u kerakli vazifalarni muvaffaqiyatli hal qilishingiz va qo‘yilgan maqsadlarga erishishingizda yordam beradi. “Antiplagiat” tizimidan foydalanish oson — texnik mutaxassislaringiz, jumladan API yordamida uni kundalik ish jarayoniga osongina moslashtiradi. Bunda tizimdan avtonom rejimda foydalansa bo‘lishi yoki sizga internet-versiyasining o‘zi yetarli bo‘lishini sizning o‘zingiz tanlaysiz. Ish jarayonini avtomatlashtirish uchun siz “Antiplagiat” tizimining o‘zidan turib ham, G Suite va LDAP bilan intergatsiyalash orqali ham foydalanuvchilarning kirishlarini samarali tarzda boshqarishingiz mumkin.
Foydalanuvchilarni vebinarlar formatida bepul o‘qitish
ПОДРОБНЕЕTizim imkoniyatlarini bepul sinab ko‘ring
Test rejimida kirishga buyurtma bering va qaror qabul qiling
Test rejimida kirish