Vebinarlar jadvali
Проблема самоцитирования в научных работах: возможности системы «Антиплагиат»
Преподавателям, научным сотрудникам, редакторам, членам диссертационных советов
Рукописи под защитой: «Антиплагиат» для авторов научных статей
Авторам: студентам, магистрантам, аспирантам, соискателям учёной степени, научным сотрудникам, учёным
Умеет ли ИИ считать? Строим умный заголовок и информативную аннотацию
Совместно с Центром академического письма и коммуникации РАНХиГС
Детектор дубликатов. Всё, что нужно знать о новой функциональности системы Антиплагиат
Преподавателям, научным руководителям, специалистам, ответственным за проверку работ на заимствования, редакторам научных изданий
Диссертации: оцениваем оригинальность и готовим экспертное заключение. Мастер-класс онлайн
Руководителям научных подразделений, ученым секретарям, членам диссертационных советов
Сгенерированные тексты в ВКР: запретить нельзя разрешить
Преподавателям, научным руководителям, специалистам, ответственным за проверку ВКР на заимствования
Антиплагиат: в Новый год с новыми возможностями
Всем, кто хочет использовать Антиплагиат на 100%
Проверка дипломных работ (ВКР) в системе «Антиплагиат». Мастер-класс онлайн
Преподавателям, научным руководителям, специалистам, ответственным за проверку ВКР на заимствования
Взаимодействие Преподаватель-Студент в системе «Антиплагиат.ВУЗ»
Администраторам, специалистам УМО и отделов информационно-образовательных технологий
Личный брендинг: формирование профессиональной успешности ученого и преподавателя
Молодым специалистам и опытным ученым, преподавателям, аспирантам
Sertifikat
Elektron shaxsiylashtirilgan sertifikat vebinarning to'liq vaqtli ishtirokchilariga ro'yxatdan o'tish paytida ko'rsatilgan elektron pochta manziliga vebinar o'tkazilgan kundan boshlab 24 soat ichida yuboriladi. Sertifikat olish uchun vebinar xonasida jami vaqtning kamida 75% da onlayn tarzda qatnashish zarur. Translyatsiyani YouTube kanalida yoki vebinar yozuvida ko‘rganlik uchun sertifikat berilmaydi, chunki bunday ko‘rishlar tizimga kirmasdan turib bajariladi. Sertifikat manti rus tilida, sertifikatning tashqi ko‘rinishi barcha uchun bir xil.
DIQQAT! Sertifikatlar ro‘yxatdan o‘tishda kiritilgan ma’lumotlar asosida tarqatish dasturi tomonidan avtomatik tarzda shakllantiriladi. Siz o‘zingizning F. I. O. ni rus tilida ham, chet tillarda ham kiritishingiz mumkin — sertifikatda ular siz qanday kiritgan bo‘lsangiz, shu ko‘rinishda ko‘rsatiladi. Agar ma’lumotlaringizni noto‘g‘ri kiritgan, xatoga yo‘l qo‘ygan bo‘lsangiz, sertifikatda xuddi shu kabi ko‘rinishda bo‘ladi. Ro‘yxatdan o‘tishda diqqatliroq bo‘ling!
Vebinarni jamoa bo‘lib ko‘rishda sertifikatlar olish uchun barcha qatnashchilar ro‘yxatini avvaldan metodolog@antiplagiat.rumanziliga yuborish zarur.
Yuklab olish jamoa bo‘lib qatnashishdagi ro‘yxat namunasi.
Qanday qilib vebinarda qatnashish mumkin
Yakka tartibda qatnashish
Vebinar tanlang va "qatnashish" tugmasini bosing.
Tanlangan vebinar sahifasida ro‘yxatdan o‘ting. Agar sizda vebinar olib boruvchisiga savollar bo‘lsa, ularni ro‘yxatdan o‘tish sahifasida bering yoki metodolog@antiplagiat.ru manziliga yuboring.
Ro‘yxatdan o‘tishda ko‘rsatilgan elektron pochta manzilida siz vebinarga ulanish uchun havolali xabar hamda tadbir boshlanishidan 1 kun va 1 soat avval eslatmalar olasiz.
Vebinar boshlanishidan 5 daqiqa avval havola bo‘yicha kiring. Dinamik yoki naushniklarni yoqishni, barcha qolgan dasturlarni o‘chirib qo‘yish va brauzerdagi boshqa sahifalarni yopishni unutmang.
Vebinar translyatsiyaning optimal sifatda bo‘lishi uchun kompyuter yoki noutbukdan foydalanishni tavsiya qilamiz. Agar bunday imkoniyat mavjud bo‘lmasa, smartfon yoki planshetdan ulanishingiz mumkin. Internetga simli ulanishdan (Wi-Fi emas) foydalangan afzalroqdir.
Jamoa bo‘lib qatnashish
Agar siz tashkilotingiz mutaxassislari uchun o‘qitishni o‘tkazmoqchi bo‘lsangiz, quyidagilarni bajarishingiz mumkin:
- Qatnashchilarni avvaldan o‘tkazish joyi va vaqti to‘g‘risida xabardor qilgan holda ularning guruhi uchun auditoriyada vebinar translyatsiyasini tashkillashtirish. Har bir qatnashchini ro‘yxatdan o‘tkazish talab qilinmaydi. Qo‘shimcha ravishda dinamik va proyektor/ekran talab qilinadi.
- Hamkasblaringiz uchun vebinar haqidagi ma’lumotlarga ega tarqatma tarqatishni tashkillashtirish. Ular yakka tartibda qatnashishlari mumkin.
- Erkin shakldagi arizani tashkilotingiz mutaxassislari uchun manzilli vebinar o‘tkazishda metodolog@antiplagiat.ru manziliga taqdim eting. So‘rovni aniqlashtirish uchun Antiplagiat kompaniyasi xodimi siz bilan bog‘lanadi.
Vebinarlar to‘g‘risidagi fikr-mulohazalar
Filippova Lyudmila Borisovna
I.S. Turgenev nomidagi Oryol davlat universiteti
O‘tgan yili men bu mavzudagi vebinarga qatnashganman. Men bu safar ro‘yxatdan o‘tgan holda hech qanday yangi narsa eshitmayman, deb qo‘rqqan edim. Biroq men adashgan ekanman va bunga juda xursandman! Menga sizning DOIMO (men vebinarlaringizga muntazam ravishda qatnashishga harakat qilaman) vebinarlaringizni tizimdagi barcha o‘zgarishlar va yangiliklarni hisobga olgan holda qurishingizni, ma’lumotlarni juda tushinarli tarzda bayon qilishingiz yoqadi. Vebinarlarning mavzulari dolzarb. Siz bizlar, oliy o‘quv yurtlaridagi ekspertlarga muntazam ravishda rivojlanib borishimizga yordam berasiz, bizni qiziqtiradigan savollarga javob berasiz. Tizimni yaxshilash va mos holda turli ilmiy matnlarni tekshirish bo‘yicha ishimizni yengillashtirish uchun barcha narsalarni qilayotganingiz uchun rahmat.
Rekstina Valentina Vladimirovna
M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti
Katta rahmat! Antiplagiat tizimini yetarli darajada yaxshi bilishim va ishlarni tekshirishda undan foydalanishimga qaramasdan yangi ma’lumotlarni oldim. Yana vebinarlar o‘zimning hammasini yoki deyarli hammasini to‘g‘ri qilayotganligimni anglab yetishimga yordam beradi, chunki tekshirayotgan vaqtimda attestatsiya komissiyasidan ko‘pgina savollar tug‘iladi, shu bilan bir vaqtda menga bunga o‘xshash ishlar umuman tekshirilmaydigan va bechora talabalar bitiruv ishlarida juda ko‘p o‘zlashtirib olishlarga ega bo‘ladigan boshqa kafedralarni misol qilib keltirishadi (asosan usullar u yoki bu darajada klishirlangan holda bayon qilinuvchi "Materiallar va usullar" bo‘limi tufayli).
Esedullayeva Natalya Vasil`evna
Rossiya fanlar akademiyasi Dog‘iston federal tadqiqot markazi
Juda qiziqarli vebinar. Biroq, sizning boshqa tadbirlaringiz kabi. Men "Antiplagiat" kompaniyasining barcha vebinarlariga imkoni boricha qatnashaman. Ishimning xususiyati bo‘yicha men ilmiy maqolalarni o‘zlashtirib olinganiga tekshiraman. Buni oson deb ayta olamayman, ko‘pgina savollar yuzaga keladi, shuning uchun vebinarlarni o‘tkazib yubormaslikga harakat qilaman va doimo o‘qib boraman. Ushbu imkoniyat uchun tashkilotchilar va olib boruvchilarga rahmat!
Xalitova Rita Kamilevna
Boshqirdiston davlat tibbiyot universiteti
Vebinar mavzusi juda dolzarb, chunki dublet maqolalar va umuman olganda Antiplagiat tizimida tekshirishda maqolardagi katta foizdagi (60-70%) o‘zidan o‘zlashtirib olishlar bilan tez-tez to‘qnash kelishga to‘g‘ri keladi. Chexovich Yu.V. ga mavzuning batafsil tushintirib berganligi hamda spikerlarga qiziqarli muhokamalar va sharhlar uchun katta rahmat
Drobotun Nina Vladimirovna
Sankt-Peterburg sanoat texnologiyalari va dizayn davlat universiteti
Material dolzarb. Menga Administrator rolidagi tizimning tajribali foydalanuvchi sifatida tizim funksiyalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tinglash foydali bo‘ldi. Saytdagi tizim imkoniyatlarining bayoni bo‘limida rejalashtirilayotgan tizim funksiyalarini kengaytirishga yo‘naltirilgan ishlanmalar to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim etilishini xohlar edim.
Knauer Lyubov` Gennad`evna
15-sonli MBTM UO‘M, Ust-Ilimsk sh.
Men garchi ilmiy xodim bo‘lmasam ham menga qiziqarli bo‘ldi. Biroq o‘qituvchi sifatida o‘z maqolalaridagi qoidalar va majburiyatlar, qanday qilib "qopqonga tushib qolmaslikni" bilish juda foydalidir. Va men endi mualliflik va manbalardan iqtibos keltirishga e’tibor beraman.
Kuleshova Elena Aleksandrovna
Tomsk davlat arxitektura-qurilish universiteti
Vebinarning tashkil qilinishi ajoyib. Juda dolzarb mavzu va qatnashchilarning savollariga e’tibor. Foydali havolalar va yaxshi tuzilmalangan ma’lumotlar Katta rahmat!
Nebrodovskaya-Mazur Elena Yur`evna
Moskva psixologiya-ijtimoiy universiteti
Juda mazmunli, tushintirishlar juda batafsil berildi, misollar amalda ko‘rsatildi. Savollarga javoblar olindi. Mavzu dolzarb. Olib boruvchining ovozi juda yoqimli, tembri oson qabul qilinuvchan. Vebinar yuqori professional darajada tayyorlangan. Tashakkur!
Isaeva Tatyana Yevgen`evna
Rostov davlat aloqa yo‘llari universiteti
Ajoyib vebinar! Ko‘pgina zarur savollarni yoritib berishga ulgurishdi. Ma’ruzachi biz bilan juda jonli muloqot qildi, doimo qiziqishni ushlab turdi. Vebinarning o‘zida taqdimotni yuklab olishga bo‘lgan ajoyib imkoniyat. Katta rahmat!
Bayirbekova Lazzat Mirzaxanovna
Janubiy-Qozog‘iston davlat pedagogika universiteti
Ko‘pgina qiziqarli narsalarni bilib oldim. Oliy ta’lim muassasasida Antiplagiat reglamentini qayta ko‘rib chiqishga qaror qildik.
Arstanbek qizi El`zat
N. Isanov nomli Qirg‘iziston davlat qurilish, transport va arxitektura universiteti
Bugungi barcha ma’lumotlar men uchun juda foydalidir, chunki hozirgi vaqtda men nomzodlik dissertatsiyasi ustida ishlayapman. Ma’ruzachiga rahmat!
Kolosovskaya Tatyana Aleksandrovna
Shimoliy-Kavkaz federal universiteti
Antiplagiatga tekshiruvni o‘tkazishga faqat Sizning vebinarlaringizda o‘qishdan o‘tgan mutaxassislar ega bo‘lishlari haqida o‘ylab ko‘rish kerak ;)
Kyurshunova Irina Alekseevna
Petrozavod davlat universiteti
1. Ushbu vebinar o‘zining amaliyotga yo‘naltirilganligi, uni talabalar va hamkasblar bilan birgalikda ko‘rish, keyin muhokama qilish imkoniyati bilan muhimdir. 2. Universitetimizda hammasi to‘g‘ri qilinayotganligini tushindim.
Pavel`eva Olesya Konstantinovna
Butunrossiya dorivor va aromatik o‘simliklar ilmiy-tadqiqot instituti
Vebinar uchun katta rahmat, aspirantlar uchun dissertatsiyalarimizning originalligini baholash amalda qanday yuz berishini bilish aspirantlar uchun juda foydali bo‘ldi
Lutskaya Ekaterina Yevgen`evna
Moskva davlat pedagogika universiteti
Ekspertni eshitish juda qiziqarli va foydali bo‘ldi. Umuman olganda o‘zimning to‘g‘ri ishlaganligimni tushindim. Biroq o‘zining intuitiv tushinishining tasdig‘ini olish - baribir foydali.
Chesnov Roman Alekseevich
Qirg‘iziston-Rossiya Slavyan universiteti
Juda foydali vebinar hamda a’lo darajadagi diksiya, intonatsiya va psixologik uzatishga ega bo‘lgan ajoyib spiker!
Kapitan Tatyana Filippovna
Filologiya, jurnalistika va madaniyatlararo aloqalar instituti
Tashkilotchilar va spikerlar - o‘z ishlarining ustalari, o‘qituvchilarga bunday vebinarlarga tashrif buyurish yoqimli va foydali
Mixaylenko Tatyana Vladimirovna
Sovet Ittifoqi Qahramoni V.A. Petrov nomidagi Stavrapol aloqa kolleji
Batafsil bayon qilganliklari uchun ma’ruzachilarga rahmat, dolzarb tanlangan yo‘nalish kelajakda bilimlarni amalda qo‘llashga imkon beradi
Vebinarlarni o‘tkazish bilan bog‘liq holda yuzaga kelgan barcha savollar bilan murojaat qiling:
Belenkaya Olga
“Antiplagiat” kompaniyasi o‘quv-uslubiy markaz rahbari
metodolog@antiplagiat.ru