Sifatni yaxshilash
fan va ta’lim
Skolkovo rezidenti
2014 - 2024
1 mlrd dan ortiq manba
Qidirish bazasida
«Patriot 2030» ning 92% ortiq OO‘Yu
"Antiplagiatdan" foydalanadi
Antiplagiat nima
Antiplagiat kompaniyasi mualliflik huquqi qadriyatlariga amal qilinishi va ularning saqlanishiga ko‘maklashgan holda Rossiya va MDH mamlakatlaridagi matnli o‘zlashtirib olishlarni qidirish bo‘yicha servislar orasida faol bozor holatini egallaydi. Biz ilmiy hujjatlarda plagiatni qidirish uchun birinchi Rossiya tizimini ishlab chiqdik va faol tarzda rivojlantirmoqdamiz. “Antiplagiat” tizimi foydalanuvchilarimizga kurs ishlari, diplomlar, dissertatsiyalar, ilmiy maqolalar va hisobotlardagi o‘zlashtirib olishlarni topishga yordam beradi.
Antiplagiat nima uchun kerak
Avvallari istalgan ish matnini qidirish va baholashga mutaxassislarning ko‘p vaqti ketardi, o‘zlashtirib olishlar manbasini qidirish esa noma’lum muddatgacha cho‘zilishi mumkin edi. “Antiplagiat” matnli o‘zlashtirishlarni qidirishning innovatsion tizimi bu jarayonni sezilarli darajada osonlashtiradi. “Antiplagiat” tizimi tufayli ishingiz sifatini baholashdan tashqari, aynan qaysi fragmentlar ishlovini oxiriga yetkazib qo‘yish kerakligini tushinish imkoniyatiga ham ega bo‘lasiz.
Antiplagiat bugungi kunda
Antiplagiat Rossiya va MDH mamlakatlardagi darsliklar va ilmiy ishlardagi o‘zlashtirib olishlarni aniqlash bo‘yicha yangi texnologiyalarni rivojlantiradi va qo‘llaydi, uslubiyatlarni yaratadi, konferensiyalarni tashkillashtiradi. 126 000 dan ortiq foydalanuvchi har kuni o‘z matnlarini veb-saytimizda tekshirish uchun “Antiplagiat” tizimini qo‘llaydi. Biz faqatgina Rossiyadagina emas, balki xorijda ham ta’lim va ilmning sifatini oshirish ustida doimiy ravishda ishlaymiz.